Şu yil 18 iyul kuni noma'lum şaxs Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 5ta turli rusumdagi avtomaşinalarining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yeçib olgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, u avtomaşinalarga qölda yozilgan “svyajites so mnoy v telegramme @vash nomer”, deb yozilgan ma'nodagi xatlarni qoldirib, voqea joyidan yaşiringan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Bektemir tumanida yaşovçi T.D. sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.