Yaqinda e'lon qilingan reytingga köra yaşaş uçun eng qulay davlatlar röyxatidagi dastlabki örinlarni Singapur va Yangi Zelandiya egalladi. Xöş, bu davlatlarning muvaffaqiyat siri nimada?

Biz eng közga köringan 10 jihatni örganib çiqdik.

Singapur

1. Singapur töğrisida gap ketganda, köpçilik bu davlatmi, şaharmi yoki poytaxtmi, deb öylaydi. Singapur bu orolda joylaşgan ham davlat, ham poytaxt, ham şu nomdagi şahardir. Bu mitti davlat maydoni 715 kv. km.ni taşkil qiladi. Asosiy şahar bir orolda joylaşgani holda yana 63ta kiçik orollar ham şu davlat tarkibiga kiradi va ularning aksariyatida odam yaşamaydi.

Foto: Skrinşot

2. Davlat nomi «singa» – şer, «pur» – şahar sözlari qöşiluvidan kelib çiqqan. Hozir ham davlatning eng ommabop ramzi tanasi baliq, boşi şer körinişida bölgan afsonaviy jonzot (Merlion) haykali hisoblanadi.

3. Bu mitti mamlakatda 4,5 million kişi yaşaydi. Aholining asosiy qismini – xitoyliklar (78 foiz), malaylar (14 foiz), hindlar (7 foiz) va qisman yevropalik va dunyoning boşqa hududlaridan kelganlar taşkil etadi. 2018 yil sörovnomasi natijalariga köra, Singapur ekspatlar uçun eng yaxşi mamlakat sifatida törtinçi bor e'tirof etilgan. Aholi ziçligi böyiça ikkinçi örinda bölib, yana ikki karlik davlat – Monako va Vatikan orasida joylaşgan.

4. Singapurda yuridik şaxsni röyxatga oliş va biznes oçiş ön daqiqadan ortiq vaqt talab qilmaydi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev 2009 yilda Singapurga taşrif buyurganida tizimning işlaşini tekşirib köriş uçun internet orqali firmani röyxatdan ötkazgan va hayratda qolgan. Oradan bir yil ötib bu davlat soliq idoralaridan yillik soliq tölaş haqida maktub kelgan. Çunki firmani yopiş heç kimning xayoliga kelmagan.

5. Singapurda 100 000 (yuz ming!) nafardan köproq millionerlar bor va ular asosan maxsus va öta qimmat kvartal — Keppel Bay kvartalida yaşaşadi. Millarderlar soni ham ançagina. Singapurlik oddiy işçining örtaça daromadi yiliga 35 ming dollar atrofida. Davlat Nyu-York, London singari dunyo moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyoda esa faqat Hongkonggina u bilan bellaşa oladi.