Mutlaq jangçilik çempionati UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangçi Xabib Nurmagomedov çempionatdagi iştirokini davom ettirişini ma'lum qildi.

“Bizda hammasi risoladagidek. Xabib bilan munosabatlarimiz yaxşi. Uning keyingi raqibi kim bölişini bilmayman, biz hali bu haqida gaplaşmadik. Keling, unga ğalabadan zavqlanişga ijozat beraylik, keyin esa bu masalani hal qilamiz. Xabib UFC’da qoladi. Tuxugov bilan nima böladi? Hozirça buni bilmayman”, deb aytgan Uayt.

6 oktabrda Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarşi jangini işonçli ğalaba bilan yakunlagaç, oktagondan çiqib ketib, raqibining murabbiyi bilan muştlaşib ketgan. Bu vaqtda Xabibning jamoasi a'zosi, UFC jangçisi Zubayra Tuxugov oktagonga tuşib, Makgregor bilan muştlaşib ketgan.

Keyinroq Uayt janjalga aloqadorlar UFC’da boşqa iştirok etmasliklarini aytgan. Şunga köra Tuxugov irlandiyalik jangçi Artyom Lobovga qarşi jangdan olingan. Jang 27 oktabrga rejalaştirilgan edi. Nurmagomedov Tuxugovning yonini olib, agar UFC Zubayrani janglardan çetlatsa, u taşkilot bilan şartnomani bekor qilişini aytgan.