Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farhod GES modernizatsiya qilinadi. Bu bilan Rossiya kompaniyasi shug‘ullanadi
Vazirlar Mahkamasining «Sirdaryo viloyati Shirin shahrida «Farhod GES UK modernizatsiyasi» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ va «Siloviye mashini - ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport» (Rossiya) o‘rtasida Farhod GES modernizatsiyasi bo‘yicha 56,52 mln yevro qiymatidagi shartnoma imzolangan.
Shuningdek, «Gidroloyiha» AJ tomonidan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi ekvivalenti 58,27 mln yevro miqdorda bo‘lgan kapitallar summasi bilan ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, «Vneshekonombank» (Rossiya) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida kredit liniyasini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib:
«Vneshekonombank»ning 45,22 mln yevrolik krediti;
«O‘zbekgidroenergo» AJning 13,05 mln yevrolik o‘z mablag‘lari belgilandi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026