Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimdagi kollejda terakt. Kamida 10 kishi halok bo‘lgan
Foto: shutterstock/vostock-photo
17 oktabr kuni Qrim yarimoroli sharqidagi Kerch shahrida joylashgan politexnika kollejida portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 70 kishi jarohatlangan.
Jarohatlanganlarning 25 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki xabarlarda kollej oshxonasida gaz balloni portlagani haqida aytilgandi.

Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra esa kollej hududida portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Hozirda hududda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra esa hududda otishma ovozlari eshitilgan. Ularning aytishicha, avtomat bilan qurollangan shaxs bino hududidagi talabalarga o‘q yog‘dirgan.
Hududda tibbiyot xodimlari, qutqaruvchilar, politsiya va boshqa maxsus xizmatlar vakillari ish olib borishmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, zarurat tug‘ilsa, jabrlanuvchilarni mamlakatning yetakchi kasalxonalariga zudlik bilan ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
18:21 / 05.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
08:48 / 23.09.2025
GUR: Ukraina Qrimda uchta Mi-8 va radiolokatsion stansiyani yo‘q qildi
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
11:22 / 17.06.2025