Bir qaraganda, «Atletiko» – top-klub emas, şuning uçun jamoa qatnaşayotgan har qanday turnirda bosim ostida qolmaydi. Moliyaviy imkoniyatlar va masştab böyiça, «Real», «Barselona» yoki APL jamoalaridan sezilarli orqada, töğri, ammo bugunga kelib, madridliklarni masalan, «Sevilya» yoki «Valensiya» bilan ham tenglaştirmagan bölardim. Ya'ni, «jamoa deyarli «Sevilya» darajasidagi klub, lekin Simeonening mahorati va jamoaning doimiy ravişda bir boş balandga sakrayotgani tufayli top-klublar qatorida yuradi» demagan bölardim.
Tört yil oldingi çempionlik qaysidir ma'noda böydan baland sakraş bölganini inkor qilmagan holda, bugungi «Atletiko»ning mavqei, transferlar bozoridagi harakatlari «Sevilya» yo «Valensiya»dan katta farq bilan oldinda ekanini körsatadi. Antuan Grizmanndek futbolçini «Real» va «Barselona» tumşuği ostida şu paytgaça öz safida saqlab qola oliş faqat top-klubning qölidan keladi. Birgina futbolçi uçun (Lemar) 80 milliondan voz keçiş faqat top klublarga xos, ya'ni bugungi «Atletiko» – tom ma'nodagi top-klub.
«Sevilya» va «Valensiya» bir transfer oynasida bir neça futbolçi uçun ham 80 million sarflay olişmasdi. Grizmann uyoqda tursin, Langle yoki Kanselu kabi bir mavsum çaqnagan iqtidorli futbolçilarni saqlab qoliş ham yuqoridagi jamoalar uçun katta muammo.
Yevropa osmonida çaqnagan yulduz futbolçilar bozorida «Atletiko» nomining deyarli tilga olinmasligi, ya'ni yulduzlarni jalb qiliş böyiça madridliklar «Real», «Barselona» yoki APL klublari kabi faol körinmasligining sababi esa, boşqa. Bu yerda Simenoning öziga xos murabbiylik qaraşlari katta ahamiyat kasb etadi.
Gap pulda emas, Simeonega ham Mourinoga berilayotgan pulni berişlari mumkin, ammo argentinalik mutaxassis şunaqa holatda ham Pogbaga emas, Rodriga xaridor bölişiga işonaman. Ya'ni, «Atletiko»ning göyoki kamtarona transfer siyosati yetişmovçilikdan emas, Simeonening futbolga bölgan qaraşidan kelib çiqadi. Agar gap narx ustida bölganida, yuqorida tilga olingan Lemar örniga arzonroq variant izlanardi. Ammo Simeone bu futbolçiga qiziqdi – klub «Arsenal» va «Çelsi»ni ortda qoldirib, fransiyalik yulduzni sotib oldi.
Simeone maydonda har qanday iş qölidan keladigan yulduzni emas, maydonda uning aytganlarini bajara oladigan ijroçini qidiradi. Bunday maxsus qidiruv natijasi siz-u bizga taniş bölmagan futbolçi bölib çiqişi ehtimoli ham şuning uçun baland.
Boşqa yöl ham yöq, «Atletiko» va Simeone dunyo grand jamoalariga bir qarşilik ölaroq maydonga çiqdi, ba'zi frontlarda ular ustidan ğalaba ham qozondi. Bunday natijalar faqat va faqat farqliroq bölgan murabbiy qaraşi va uslubi yordamida amalga oşişi mumkin edi xolos. Simseone uslubining deyarli bir tizimga aylangani esa, «Atletiko» umrini uzaytirmoqda. Öz navbatida, jamoa rahbariyati muhim futbolçilarni saqlab qolişda katta iş qilişmoqda, zero bir yillik çaqnaşdan keyin bir qator ahamiyatli futbolçilarini yöqotgan «Lester» kabi taqdirdan qutulib qoliş oson emasdi.












