Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terakt emas. Qrimdagi hodisa kollej talabasi tomonidan sodir etilgan ommaviy qotillik bo‘lgan
Foto: Twitter / @varlamov
Rossiya tomonidan annektsiya qilingan Qrimning Kerch shahridagi kollejda ro‘y bergan portlash shu kollejning 4-kurs talabasi, 22 yoshli Vladislav Roslyakov tomonidan sodir etilgan. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksenov ma'lum qildi. Uning ma'lum qilishicha, Roslyakov o‘zini o‘ldirgan.
«Qotil o‘zini otib o‘ldirgan. U shu o‘quv muassasasining 4-kurs talabasi bo‘lgan. Qotilning jasadi ikkinchi qavatdagi kutubxonadan topildi», — degan Aksenov.
Dastlabki xabarlarda Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi kollej hududida terakt sodir etilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq Rosgvardiya va Rossiya Tergov qo‘mitasi bu hodisani terakt sifatida baholab, ushbu holat bo‘yicha RF Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Terrorchilik akti) bo‘yicha ish ochilgandi.
Endilikda bu ish Tergov qo‘mitasi tomonidan qayta kvalifikatsiya qilingan va Kerchdagi voqea bo‘yicha RF JKning 105-moddasi, 2-qismi (ikki yoki undan ortiq kishini o‘ldirish) bo‘yicha ish ochilgan.
17 oktabr kunining birinchi yarmida Kerch shahrida portlash sodir etilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Avvaliga kollej oshxonasida gaz balloni portlagani aytildi, keyinroq hududda terakt sodir etilgani ma'lum qilindi.
Tergov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, Roslyakovning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 nafarni tashkil qildi. O‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
18:21 / 05.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
08:48 / 23.09.2025
GUR: Ukraina Qrimda uchta Mi-8 va radiolokatsion stansiyani yo‘q qildi
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
11:22 / 17.06.2025