AQŞ prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi tomonidan tayanç foiz stavkasini oşiriş siyosatini özining prezident lavozimidagi muvaffaqiyatlari uçun eng katta xavf deb hisoblaşini aytdi. Bu haqda u Fox Business naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

Trampning ta'kidlaşiça, FZT foiz stavkasini juda tez oşirayotgani sababli boş xavf hisoblanadi. U AQŞda markaziy bank vazifalarini bajaruvçi FZT mustaqil tizim hisoblanişini va şu sababli unga ta'sir qiliş dastaklariga ega emasligidan afsus bildirgan.

Şu bilan birga Tramp bunda boşqalarni ayblay olmasligini, çunki u FZTdagi rahbarlarni özi tayinlagani va ulardan ba'zilaridan hafsalasi pir bölganini ta'kidlab ötgan.

Tramp foiz stavkasi iqtisodiy ösişga ziyon yetkazişi mumkinligi sababli FZTni bir neça bor tanqid qilgan. FZT sentabrda foiz stavkasini navbatdagi marta 0,25 foizga, yillik 1,75-2 foizdan 2-2,25 foizgaça kötardi va monetar siyosatni sekin-asta yanada qat'iylaştirişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, FZT hozirça özining ikki boş vazifasi: inflyatsiyani uşlab turiş va bandlikni qöllab-quvvatlaşni bajara olmoqda.   

Hozirda AQŞda inflyatsiya 2 foizni, bandsizlik esa 3,7 foizni (yarim asr içidagi eng past körsatkiç) taşkil qilmoqda.