Turkiya seriallardan yiliga 350 mln dollar daromad olishi ma'lum qilindi

Turk seriallari 150 tadan ko‘proq davlatga eksport qilinadi va Turkiyaga yiliga 350 mln dollar daromad keltiradi. Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy ma'lum qilgan.
Vazirning aytishicha, Turkiya seriallarni sotishdan olinadigan daromad miqdori bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda 2-o‘rinni egallaydi. Vazir davlat prodyuserlik kompaniyalariga yordamni kengaytirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ersoyning ta'kidlashicha, uning topshirig‘i bilan yil oxirigacha seriallarni suratga olishni rag‘batlantirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi. “Gap mahalliy va hamkorlikda olingan seriallarning xorijda namoyish qilinishi sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi haqida ketmoqda. Bundan tashqari, davlat Turkiyada suratga olinadigan xorijiy filmlar va seriallarning suratga olish xarajatlarining 30 foizgachasini qoplaydi.
Ersoyning ma'lum qilishicha, oxirgi yillarda xorijga 100 ga yaqin turk seriali sotilgan, turk seriallarini tomosha qiluvchilar soni esa 500 mln kishidan oshadi.
Turk seriallari Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, AQSh va Lotin Amerikasi davlatlariga eksport qilinadi.
Bugungi kunda xorijda eng talabgir turk seriallari “Men uni Farixa deb atadim”, “Kumush”, “Fotmagulning aybi nimada?”, “Ezel” va “Sevgi iztirobi” (Kara Sevda) seriallari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 15 oktabrda “Tekden film” va “Bo‘zdag‘ film” boshqaruv kengashi raisi, turk rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘ bilan “Jaloliddin Manguberdi” serialini suratga olish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Xalqaro press-klubning matbuot anjumani tashkil etildi. Ayni kunlarda alohida qiziqish va e'tiroflarga sabab bo‘layotgan “Ertug‘rul” seriali rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, “Simit Sarayi” brendi sohibi, yirik tadbirkor-investor Xoluq O‘qutur, restoranlar sohasida tadbirkor, investor Umar Sayfi Aktulun, Strategik tafakkur instituti Vasiylik Kengashi a'zosi, “Dirilish-Ertug‘rul” serialining ilmiy maslahatchisi Sinan Tovuqchilardan iborat delegatsiyaning tashrif buyurishidan asosiy maqsad “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialini tasvirga olish ishlarida hamkorlik borasida muzokara olib borishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Jahon | 21:02
-
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
Jahon | 21:00
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

18:19 / 09.04.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

14:50 / 07.04.2025
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi

14:15 / 07.04.2025