AQŞ Turkiya amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilgani sababli Anqaraga qarşi kiritgan ba'zi sanksiyalarini bekor qilişi mumkin. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
Avvalroq Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu Anqarada Pompeo bilan ötgan muzokaralarda Vaşington tomonidan Anqaraga qarşi kiritilgan sanksiyalar bekor qilinişi haqidagi fikrga kelinganini ma'lum qilgan.
“Biz yaqin orada bu masala böyiça qaror qabul qilamiz, biroq ba'zi sanksiyalar bevosita pastor Branson bilan boğliq bölgan va mantiqan ularni endi bekor qiliş kerak”, deb aytgan Pompeo.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya 2016 yildagi davlat töntaruviga urinişga aloqadorlikda ayblangan Branson hibsda uşlanib turilgani uçun Anqaraga qarşi “katta sanksiyalar” kiritiş bilan tahdid qilgan.
“AQŞ ajoyib nasroniy, oilaparvar va ajoyib inson pastor Endryu Bransonni uzoq vaqtdan beri hibsda uşlab turgani uçun Turkiyaga katta sanksiyalar kiritadi. U juda azoblanmoqda. Bu aybsiz inson zudlik bilan ozod qilinişi kerak”, deb yozgandi Tramp tvitterda.

















