AQŞ senatorlarining bir guruhi prezident Donald Trampdan Saudiya Arabistoni bilan amalga oşirgan barça moliyaviy amaliyotlari haqida ma'lumot berişni talab qildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, senatorlar saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining yöqolib qolişi bilan boğliq vaziyat fonida şunday hisobot taqdim etilişini söraşgan.

Senat a'zolari Ar-Riyod va The Trump Organization örtasidagi aloqalarga qiziqib qolişgan hamda prezidentga tegişli sörovni yuborişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp saudiyalik jurnalist öldirilgani haqidagi OAV xabarlariga şubha qilgandi.