Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saudiyalik jurnalist o‘ldirilgani haqidagi OAV xabarlariga shubha qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi borasida rasmiy izohni kutish zarur, deb hisoblayapti. Prezidentning so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
Bu haqda Amerika yetakchisi Jorjiyaga tashrifi vaqtida bayonot berdi, u bu safar davomida «Maykl» bo‘roni tufayli shtatga yetkazilgan zararni ko‘rdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qoshiqchi bilan nima yuz berganini «hech kim bilmaydi». Uning bildirishicha, ayni paytda Turkiya va Saudiya Arabistoni rasmiylari jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat haqida rasmiy izoh berishmadi. Uning taxminiga ko‘ra, «oddiy qotillar» unga hujum qilgan bo‘lishi ham mumkin.
Avvalroq, Al Jazeera telekanali rasmiy manbalarga tayanib, Turkiya bosh prokuraturasi Saudiya Arabistonining Turkiyadagi bosh konsulxonasi hududida Qoshiqchi o‘ldirilganiga doir isbotlar topgani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Saudiya podshohi Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
08:37 / 16.05.2026
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:29 / 15.05.2026