13:50 / 18.10.2018
5295

Nobel mukofoti sovrindori: «Men O‘zbekiston ilm ahli bilan ma'nan topishdim»

Shimoliy Korolina universiteti (AQSh) Biokimyo va biofizika professori, 2015 yil Nobel mukofoti bilan taqdirlangan taniqli olim Aziz Sanjar shu yilning 15 oktabr kuni O‘zMU rektori taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni olim O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari o‘rinbosari A.Abduhakimov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri I.Majidov, O‘zMU rektori A.Marahimov bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida Aziz Sanjar Milliy universitetning yosh mutaxassislari, magistrant va doktorantlari uchun ma'ruzalar o‘qishi ham ko‘zda tutilgan edi.

17 oktabr kuni olim O‘zMU Ilmiy Kengashida ishtirok etdi. Unga mazkur universitetning faxriy fan doktori unvoni topshirildi. Kengashda Aziz Sanjar hayoti va ilmiy faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.

Olim O‘zbekistonga yoshlarni ruhlantirish uchun kelganini takror va takror ta'kidlar ekan, bugun aniq va tabiiy fanlarga e'tiborni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etdi va bu borada o‘zining bir qator takliflarini bildirib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida Aziz Sanjar mamlakatimizning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilariga «DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash» mavzusida onlayn ma'ruza o‘qidi.

Muloqotlar so‘ngida olim barcha turkiy xalqlar ta'lim forumini o‘tkazish taklifini berdi.

«O‘zbekstonlik olimlar, xususan, ilmga chanqoq yoshlar bilan ma'nan topishdim», deya qayd etgan olim.   

Mavzuga oid
Top