Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanganlik uçun ortiqça (xato) tölangan mablağlarni iste'molçiga Majburiy ijro byurosini rivojlantiriş jamğarmasi orqali qaytariş taomili belgilandi. Pullarni qaytariş rejalaştirilganiga nisbatan tezroq amalga oşiriladi, deb yozmoqda Norma.
Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinganidan keyin unga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Natijada qaytariş taomili ança qulay böldi. Iste'molçi ariza bergan paytdan boşlab 6 kun içida mablağlarni oladi (11 kun içida qaytariş rejalaştirilayotgan edi).
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun ortiqça (xato) tölangan mablağlarni qaytariş uçun arizani “Özbekenergo AJ yoki “Öztransgaz” AJga loyihada nazarda tutilganidek faqat yozma ravişda emas, balki bu taşkilotlarning rasmiy internet-saytlari orqali elektron şaklda ham beriş mumkin.
“Özbekenergo AJ, “Öztransgaz” AJ va Majburiy ijro byurosining hududiy bölimlariga ortiqça (xato) tölangan mablağlarni qaytariş töğrisida dalolatnoma tuziş uçun beriladigan muddat 3 bank kunidan 2 iş kunigaça qisqartirildi.
“Özbekenergo AJ va “Öztransgaz” AJ tomonidan ortiqça (xato) tölangan pul mablağlarini qaytariş töğrisida tuşgan dalolatnomalar röyxatining tuzilişi va bu röyxatlarning Jamğarmaga yuboriliş vaqti 5 bank kunidan 1 iş kuniga qisqartirildi.
Jamğarma tomonidan ortiqça (xato) tölangan mablağlarning “Özbekenergo AJ va “Öztransgaz” AJning maxsus hisobvaraqlariga qaytarilişi lozim bölgan muddat 3 bank kunidan 2 iş kunigaça qisqartirildi.
Qaytarilişi lozim bölgan summani hisob-kitob qiliş formulasiga tuzatiş kiritildi va u quyidagi körinişga ega böldi:
S (qaytariş) = (S ortiqça(xato)) – ((S ortiqça(xato)) x 20/120) x 10/100, bunda:
• S (qaytariş) – Jamğarma tomonidan qaytarib beriş lozim bölgan mablağ miqdori;
• S ortiqça (xato) – iste'molçi tomonidan ortiqça (xato) ötkazilgan mablağ;
• 20/120 – iste'molçi tomonidan ortiqça (xato) ötkazilgan mablağda qöşimça qiymat soliği hissasi;
Elektr energiyasi va gaz uçun ortiqça tölangan mablağni qaytariş qoidalari tasdiqlandi
15:28 / 18.10.201826 9963 min












