Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov bilan faqatgina boks qoidalari bilan jang qilişga rozi böldi.  

“U meni çorladi. Unda u mening olamimga kelişiga töğri keladi”, deb aytgan Meyuezer.

Boksçi uşbu jang uçun Konor Makgregorga qarşi ötkazgan jangidan 100 mln dollar köproq işlab olmoqçiligini ta'kidlab ötgan. 

Meyuezer jang ötkazilişi mumkin bölgan yagona joy Las-Vegas ekanligini qöşimça qilgan. U şuningdek, Nurmagomedov jang vaqtida va jangdan keyin özini professionallarga xos tuta olişini isbotlaşi lozimligini aytgan. 

Avvalroq Nurmagomedov Meyuezerga jang ötkazişni taklif qilgandi. Amerikalik boksçi bunga rozi bölgan.

Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov avval aytganidek, jang Rossiyada ötişi kerak.