Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand şahrida ötkazildi.
Sartepa massivida joylaşgan Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi hovlisida 14 oktabr kuni ötkazilgan tadbir 09:00da boşlanib, 14:30gaça davom etdi, deb xabar beradi Samarqand viloyat hokimligi rasmiy veb sayti.
Asosan, Samarqand şahri aholisi, şuningdek, viloyatning boşqa hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin fuqaroning har biri viloyat rahbariga «dardi»ni aytib, masalaga qonuniy yeçim söradi. Qabulda viloyat hokimining örinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, viloyat taşkilotlari hamda Samarqand şahridagi sektor rahbarlari ham hozir bölgani tufayli har bir murojaat mutasaddilar iştirokida şu yerning özida muhokama etildi.
Fuqarolar, asosan, kommunal xizmat, uy-joy, tadbirkorlik faoliyati uçun yer va kredit ajratiş, işga joylaşiş, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalaniş masalalari, huquq-tartibot organlari faoliyati böyiça murojaat qildi.
Örganiş talab etadigan masalalar yuzasidan aniq muddat belgilanib, sayyor qabuldagi murojaatlarning natijasi bir haftadan söng mutasaddilardan söralişi ma'lum qilindi.










