Moskva şahar sudi «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev advokatlarining uy qamoğiga ötkaziş haqidagi iltimosnomasini qondirmadi.

Uçalasi ham «Butirka» tergov izolyatorida 8 dekabrga qadar hibsda qoldirildi.

Aleksandr Kokorinning advokati «Zenit» boş murabbiyi Sergey Semak nomidan ijobiy xarakteristika olib kelgan edi. Bundan taşqari, uning onasi 10 million rubl miqdorida garov puli kiritişga tayyor ekanini aytdi. Mamayevning advokati mijozining uzr söragani, jabrlanuvçilarga sidqidildan yordam berişga tayyorligini, pasportini topşirib, heç qayoqqa qoçib ketmasligini aytdi.

Ammo sud ayblanuvçilar vakillarining iltimosnomasini qondirmadi.

Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va NAMI taşkiloti rahbari Sergey Gaysinni döpposlaşgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisiga hujum qilişgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Bu iş yuzasidan Moskva politsiyasi 116-modda (Tan jarohati yetkaziş) va 213-modda (Bezorilik) böyiça jinoyat işi oçdi. Sud esa iştirokçilarni 8 dekabrga qadar hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.