Rossiyalik milliarderlar dunyoda hammadan tez öz boyligini oşirib bormoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Sönggi 12 oy mobaynida rossiyalik ön nafar eng boy şaxs öz daromadini örtaça 10,8 foizga oşirdi. Keyingi örinda 7,5 foiz qöşimça pul işlab olgan amerikaliklar bormoqda. Bu davr mobaynida britaniyalik eng boy ön odamning boyligi 3,4 foizga oşdi.

Rossiyalik milliarderlar muvaffaqiyati neft narxlarining keskin oşişi bilan boğliq. «Novatek» egalaridan biri Leonid Mixelson (yiliga qöşimça 4,3 milliard dollar). «Novatek» şirkatining boşqa bir aksiyadori Gennadiy Timçenko (4 milliard dollar) va «Lukoyl» egasi Vagit Alekperovning (3,5 milliard) boyligi eng tez ösişni körsatdi. 

Leonid Mixelson, Gennadiy Timçenko va Vagit Alekperov
Foto: Wikipedia

Eng yomon natijani Xitoy qayd etdi, bu yerda eng badavlat 10 kişining boyligi örtaça 27 foizga kamaygan. Asosiy sabab sifatida kompaniyalar aktivlarining sotilişi körsatildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda milliarderlar soni keskin kamaygani xabar qilingandi.