Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi «Uluğbek» şaharçasi negizida barpo etiladigan «Olimlar şaharçasi»ni quriş direksiyasini taşkil etiş töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va «Özsanoatqurilişbank» ATBlarning Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi «Uluğbek» şaharçasi negizida barpo etiladigan «Olimlar şaharçasi»ni quriş böyiça Toşkent şahar hokimligi qoşida «Obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiya» DUK taşkil etiş töğrisidagi takliflari kabul qilinişi mumkin.

Quyidagilar Direktsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

«Olimlar şaharçasi» hududida olib boriladigan barça quriliş obektlarida buyurtmaçi vazifasini bajariş;

qurilişga potensial investorlarni, şu jumladan xorijiy investorlarni jalb etiş maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, şuningdek, idoraviy mansub «Olimlar şaharçasi»ni quriş va uning faoliyati böyiça global Internet tarmoği orqali taqdimot tadbirlarini taşkil etiş va keng taşviqot-reklama işlarini olib boriş;

«Olimlar şaharçasi» hududida realizatsiya qilinadigan loyihalarni amalga oşirilişi ustidan doimiy monitoring yuritiş;

«Olimlar şaharçasi» hududida obektlar qurilişini loyihalaştirişda loyiha taşkilotlari tomonidan energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilişi hamda yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilişining ta'minlanişini nazorat qiliş;

investorlar va quriliş pudrat taşkilotlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni lozim darajada bajarilişini nazorat qiliş, kabul qilingan majburiyatlar investorlar va quriliş pudrat taşkilotlari tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda «Olimlar şaharçasi» hududida investitsiya kiritiş va quriliş töğrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qiliş töğrisida qarorlar qabul qiliş;

investorlar, işlarni bajaruvçilar va xizmat körsatuvçilar, binolar, inşootlar va turar joylarning mulkdorlari va ulardan foydalanuvçilar tomonidan quriliş-montaj işlarini bajarişda va obektlardan foydalanişda belgilangan yonğin va texnika xavfsizligi qoidalariga, şaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilişi ustidan texnik nazoratni amalga oşiriş.