Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras mamlakat Taşqi işlar vazirligiga rahbarlik qiladigan böldi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
Tsipras prezidentlik saroyida ertalab Gretsiya rahbari Prokopis Pavlopulos huzurida qasamyod keltirildi.
Şundan söng, Taşqi işlar vazirligi binosida işlarni topşiriş marosimi bölib ötdi. Tsipras bajarilgan iş uçun özidan avval lavozimni egallagan amaldorga minnatdorçilik bildirdi.
«Bugungi kunda mamlakatimizning obrösi va geosiyosiy imkoniyatlari ortib bormoqda. U - Bolqon yarim orolidagi yetakçi kuç va Şarqiy Örta Yer dengizi barqarorligi ustunidir. Şu bilan birga, bu holat kengayib bormoqda», - dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gretsiya AQŞga harbiy bazalar böyiça taklif bilan çiqqandi.
Gretsiya Amerika Qöşma Ştatlariga mamlakatda yangi Amerika bazalarini barpo etiş taklifi bilan çiqdi. Gretsiyaning Aleksandrupolis, Larissa i Volosida AQŞga qaraşli qöşimça bazalarni joylaştiriş taklifi Pentagon rahbari Jyeyms Mettis tomonidan qabul qilib olingan.












