Bu haqda 2018 yilning 19 oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan “Adliya axboroti” nomli brifing va matbuot anjumanida bildirildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Dastlab brifingda hafta davomida bir qator muhim masalalar böyiça qabul qilingan qonun hujjatlari haqida ma'lumotlar berildi.  Jumladan, Özbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi va “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunlar, şuningdek, “Tadbirkorlik uçun şart-şaroitlar yaratişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorining şarhi berildi.

Şuningdek, “Atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan, şu jumladan içimlik suvidan oqilona foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun mazmuniga binoan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi modda kiritilganligining xabari berildi. Unga köra, belgilanmagan joylarga qattiq maişiy çiqindilarni va quriliş çiqindilarini taşlaş, şuningdek suyuq maişiy çiqindilarni tökiş — fuqarolarga 92 150 sömdan 552 900 sömgaça, mansabdor şaxslarga esa 552 900 sömdan 921 500 sömgaça jarima solişga sabab bölişi ta'kidlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Tabiatni asraş, bugungi ekologik jarayonlarni yanada yaxşilaş maqsadida “Tabiatni muhofaza qilişni ta'minlaşning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi” hukumat qarori qabul qilinganligi va Qaror bilan Özbekiston hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilgani va çiqindilar joylaştirilganligi uçun kompensatsiya tölovlarini qöllaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanganligi ma'lumoti berildi. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilgani hamda çiqindilar joylaştirilganligi uçun kompensatsiya tölovlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi organlari tomonidan undirilişi haqida aytib ötildi.

Brifingdan söng taşkil etilgan matbuot anjumanida hukumat qarori bilan tasdiqlangan Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini ta'minlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisidagi nizom töğrisida fikrlar almaşildi.

Matbuot anjumanida davlat ijroçisi iş yurituvida bölgan ijro hujjati böyiça qarzdor tomonidan undiruvçiga alimentlarni oldindan tölaş hisobiga köçmas yoki köçar mulk yoxud boşqa qimmatli aşyo taqdim etilişi mumkinligi haqida va alimentlar summasini oldindan tölaş yoki alimentlar tölaş majburiyati böyiça garov tuziş faqat qarzdorning aliment tölovlaridan qarzdorligi mavjud bölmaganda amalga oşirilişi haqida ham aytib ötildi.