Makedoniya parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga özgartişlar kiritişni qöllab-quvvatladi, ular davlat nomini özgartirişni nazarda tutadi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
NATO va Yevropa ittifoqiga qöşiliş uçun Skope mamlakat nomini özgartirmoqda - Makedoniyadan Şimoliy Makedoniyaga.
Parlament raisi Talat Ja'fariyning sözlariga köra, 80 nafar deputat Gretsiya bilan bitim asosida tegişli özgartişlar kiritişni ma'qulladi, 39 kişi qarşi çiqdi. Şundan söng, hujjat imzolaş uçun Makedoniya prezidenti George Ivanovga topşirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq NATO boş kotibi Makedoniyadagi siyosiy rahbarlar va partiyalarga çaqiriq bilan çiqqandi.












