Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondiga qaraşli turar-joylardan foydalanişni tartibga solişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Davlat uy-joy fondi töğrisidagi Nizom;
Turar joyga köçib kiriş uçun asos böladigan yagona namunadagi hujjat (order) namunasi;
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga beriş tartibi töğrisidagi Nizom;
Davlat uy-joy fondidagi turar joyning ijara şartnomasi namunasi;
Xizmat turar joylari oliş huquqiga ega bölgan şaxslar röyxati;
Turar joyni ijaraga oluvçiga topşiriş dalolatnomasi namunasi tasdiqlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondi töğrisidagi nizomga köra, turar joylar uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarga taqdim etiladi.
Uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarni hisobga oliş, turar joy maydonini oliş uçun navbatni belgilaş, şuningdek uni taqsimlaş va davlat uy-joy fondi uylarida ijara şartnomasi şartlari asosida fuqarolarga taqdim etiş joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlari va töla xöjalik yuritişida yoki operativ boşqaruvida idoraviy uy-joy fondi bölgan davlat korxonalari, muassasalari va taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.
Uşbu maqsadlarda joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlari qaroriga va idoralar buyruğiga asosan ular qoşida turar joy masalalari böyiça komissiyalar tuziladi. Komissiya tarkibida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining vakili bölişi şart.
Xususiy mulk sifatida uy-joylarga ega bölgan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan şaxslar, şuningdek uşbu uylarda yaşovçi boşqa şaxslar umumiy asoslarda uy-joy bilan ta'minlanadi.
Mehnatga qobiliyatsizlar, yolğiz qariyalar, pensionerlar va ularning oila a'zolariga, agar ularning jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromadlari eng kam iş haqidan oz bölsa, şuningdek birinçi marta nikohdan ötgan turar joyga muhtoj yoş oilalarga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan röyxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va ta'minoti oz boşqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara şartnomasi talablari asosida xususiylaştiriş huquqisiz foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi taşkil etiladi.












