Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov irlandiyalik jangçi Konor Makgregorni Doğistondagi professional jangovar sambo böyiça jahon çempionatiga taklif qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.
Makgregor Las Vegasdagi UFC 229 turnirida Habibning raqibiga aylandi, unda rossiyalik böğiş usulini qöllagan holda ğalaba qozondi. Jangdan oldin Konor Habib va uning otasi haqida bir neça bor haqoratli bayonotlar berdi, jangdan keyin esa jangçilar jamoalari örtasida muştlaşuv kelib çiqdi.
Abdulmannop Nurmagomedovning ma'lum qilişiça, öğlining raqibini keçirdi va uni 15 dekabr kuni Kaspiyskda ötkaziladigan turnirga taklif qildi.
«Men hammasini keçiraman, rahm-şafqatli böliş kerak», - dedi Abdulmannop Nurmagomedov öz videomurojaatida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jang uçun juda katta pul olmoqçi ekani xabar berilgandi.













