Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) rahbari Deyna Uayt amerikalik boksçi Floyd Meyuezer va aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov örtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi. Uning sözlari ESPN tomonidan keltirilgan.
«Bularning bariga e'tibor bermang. Floyd tomonidan bizga heç kim murojaat qilmadi. Nurmagomedovda esa UFC bilan amaldagi şartnoma bor», - deb tuşuntirdi u.
18 oktabr kuni 41 yoşli boksçi MMA vakili bilan jangni moliyaviy nuqtai nazardan foydali, deb bilişini bildirdi. U irlandiyalik jangçi Konor Makgregor bilan yana jang qilişga tayyorligini aytgan.
17 oktabr kuni Meyuezer Nurmagomedovning çaqiriğiga javob qaytardi. 30 yoşli rossiyalik jang qiliş taklifi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yengilmas boksçiga murojaat qildi. Şu bilan birga, Nurmagomedov jangning şaklini aniq körsatmadi.
7 oktabr kuni Nurmagomedov UFC’ning yengil vazndagi çempioni nomini himoya qildi. Rossiyalik Makgregorni mağlubiyatga uçratdi.
Nurmagomedov 27 jangda 27 marotaba ğalaba qozongan. 41 yoşli Meyuezer ham öz professional faoliyati davomida heç qaçon taslim bölmagan, u 50ta ğalabani qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jang uçun juda katta pul olmoqçi ekani xabar qilingandi.












