Yamanning deyarli 14 mlnlik aholisiga oçlikdan öliş xavf solmoqda. Bundan BMT ogohlantirmoqda.
BMTning xabar qilişiça, Yamanning 29 mlnlik aholisidan 22,2 millioni gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda.
Yamanliklarning ahvoli Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya va husiylar örtasida davom etayotgan qaqşatqiç janglar va jiddiy iqtisodiy inqiroz sababli tobora yomonlaşmoqda.
Xalqaro hamjamiyat dunyoning eng noçor davlatlaridan biridagi ixtilofni tugatiş uçun amaliy çoralar körmayapti, BMT şiori ostidagi muzokaralar boşlanmasdanoq, bekor qilingan. Şu sababli yamanliklar tinçlik örnatilişiga batamom umidni yöqotişgan.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi vakili Yyens Lerke Yamandagi gumanitar vaziyatdan çuqur xavotir bildirgan. Uning aytişiça, iyulda Yaman valyutasi jiddiy ravişda qadrsizlangan, mamlakatda narx-navo 300 foizga kötarilib ketgan, aholining xaridorlik qobiliyati pasayib ketgan, işlab çiqariş deyarli töxtagan.
Şu sabab Lerke Yamandagi ixtilof tomonlarini aholiga gumanitar yordam olişga yöl berişga çaqirgan. BMTning ta'kidlaşiça, 18 mln yamanlik yaşaş uçun vositalarga ega emas. 3 million yamanlik öz uyini tark etgan, mamlakatdagi infratuzilma barbod bölgan. Ma'lum qilinişiça, yamandagi janglar oqibatida 16 minglik tinç aholi halok bölgan.












