Ispaniya çempionatining 9-turida Madridning «Atletiko» klubi «Vilyarreal» mehmoni bölib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Öyinning ikkinçi bölimi boşida mehmonlarning braziliyalik himoyaçisi Filipe Luis hisobni oçdi. Ammo köp ötmay Mario Gaspar hisobni tenglaştiruvçi golni urdi.

Bu öyindan keyin «Atletiko» 16 oçko töplagan holda turnir jadvalida törtinçi örinda joylaşgan. «Vilyarreal» 9 oçkosi bilan 14-örinda qolmoqda. Keyingi turda «Atletiko» öz maydonida «Real Sosedad» bilan öynaydi, bu öyin 27 oktabrga belgilangan. «Vilyarreal» ayni vaqtda 17 oçko töplagan holda turnir jadvalining ikkinçi örniga çiqib olgan «Alaves» maydoniga safar qiladi, uçraşuv 28 oktabrga belgilangan.

9 turda «Sevilya»ni mağlubiyatga uçratgan «Barselona» birinçi örinni qaytarib olgan, andalusiyaliklar jamoasi uçinçi öringa tuşib ketgan, navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin esa «Real» kuçli törtlikdan taşqarida qolgan (jamoa bu turda öz uyida «Levante»ga yutqazdi).

Ispaniya çempionati
9-tur
Vilyarreal – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 51 Filipe Luis, 1:1 – 65 Mario Gaspar.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Kosta, Iturra (Bakka, 64; Toko-Ekambi, 76), Trigeros, Kasorla, Fornals, Pedrasa (Kaseres, 73), Moreno.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Lyuka Ernandes, Filipe Luis (Godin, 77), Saul, Parti, Rodri Ernandes (Lemar, 46), Koke, Kaliniç (Korrea, 46), Grizmann.
Ogohlantirişlar: Xuanfran (28), Iturra (31), Alvaro Gonsales (44), Pedrasa (68).