Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligining qarori bilan Boşoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilişi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlaş hamda uşbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy şaxslarga nisbatan jarimalar qöllaş böyiça nizomga özgartirişlar kiritildi.
Kiritilayotgan özgartirişlar:
1. 1-banddagi “tabiatni muhofaza qiliş” degan sözlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş” degan sözlar bilan almaştirildi.
2. 7-banddagi “Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va uning hududiy qömitalari” degan sözlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va uning hududiy boşqarmalari” degan sözlar bilan almaştirildi.
3. 8-banddagi “Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi davlat inspektorlari” degan sözlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi davlat inspektorlari” degan sözlar bilan almaştirildi.
4. 9-bandda:
ikkinçi xatboşidagi “Tabiatni muhofaza qiliş mahalliy jamğarmalariga” degan sözlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasiga” degan sözlarga almaştirildi;
uçinçi xatboşidagi “Tabiatni muhofaza qiliş mahalliy jamğarmalari” degan sözlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi” degan sözlarga almaştirildi;
törtinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasiga tuşgan mablağlar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga asosan işlatiladi”.
5. Mazkur özgartirişlar Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi va Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan kelişilgan.












