Germaniya kansleri Angela Merkelning ma'lum qilişiça, ayni damda Saudiya Arabistoniga qurol eksportini davom ettiriş mumkin, deb hisoblamaydi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytib ötdi, deya xabar beradi Reuters.

Bunday qaror saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi bilan boğliq. Uning sözlariga köra, Germaniya hukumati qotillikni qoralaydi. Merkel, şuningdek, voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaştirişga çaqirdi.

«Qurol-yaroğ eksportiga keladigan bölsak, uni hozirgi şaroitda amalga oşiriş mumkin emas», - deya qöşimça qilib ötdi Germaniya kansleri.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni boş prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining ölimi haqida ma'lum qilgandi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu muştlaşuvga olib kelgan, söng Qoşiqçi hayotdan köz yumgan.