Vanderbilt universiteti va Michigan texnologiyalar universiteti (AQŞ) olimlari Yangi Zelandiyadagi Taupo supervulqonining otilişiga nima sabab bölganini aniqlaşdi. Tadqiqotçilar xulosasiga köra, u boşqa, nisbatan past otilişlar natijasida magma yuzaga kötarilgani tufayli sodir bölgan. Bu haqda Science Alert naşri xabar bermoqda.

Taupo supervulqoni otilişi yoki Oruanui uyğonişi 26,5 ming yil ilgari sodir bölgan. Vulqon faolligi şkalasi böyiça maksimal sakkiz ballga yetgan falokat natijasida 530 kub kilometrga yaqin magma çiqarib taşlangan. Ma'lumki, 350-240 ming yil oldin Taupo yetti marotaba uyğongan, bu Oruanuining kuçiga ta'sir qilgan bölişi mumkin.

Vulqonşunoslar Taupo vulqon zonasidagi köpiktoş qatlamlarini tahlil qilişdi. Ma'lum bölişiça, har bir kiçik otilişda taxminan 50-150 kub kilometr magma çiqarilgan hamda vulqon qatlamlari yuzaga yaqinlaşib borgan. Garçi kiçik portlaşlar superotiliş ehtimolini kamaytirgan bölsa-da, magmaning «poğonali» kötarilişi vulqonning keyingi faolligiga hissa qöşgan. Ming yillar davomida erigan jinslar kiçik va nisbatan çuqur bölmagan kameralarga kirib, mayda portlaşlarni keltirib çiqargan. Oxir-oqibat, magma Oruanui otilişi uçun yetarli miqdorda töplangan.

Olimlarning fikriga köra, tadqiqot natijalari Yyellouston kabi supervulqonlarning otiliş vaqti va bu qanday şaroitda yuz berişini taxmin qiliş imkonini beradi.