Avvalroq Toşkent şahrining Uçtepa tumanida ikki yigit «notöğri parkovka» sababli bir yigitni döpposlagani xabar qilingandi.

Özini hodisa jabrlanuvçisi deya taniştirgan D.Ş.ning ma'lum qilişiça, hodisa joriy yilning 4 oktabr kuni Uçtepa tumanida joylaşgan “Al Hilol”kafesi oldida yuz bergan.

 Uning ta'kidlaşiça, maşinasini joylaştirganidan söng undan tuşib ketayotgan vaqtida orqada turgan yigit uni çaqirib, maşinani uning maşinasiga yaqin qöyganligiga e'tiroz bildirgan. Qisqa munozara janjalga aylanib, örtaga boşqalar ham qöşilgan va bir tomonlama döpposlaş yuz bergan.

Mazkur döpposlaniş natijasida D.Ş.ning jaği sinib, miyasi çayqalgan va kasalxonaga yotqizilgan.

«Yoşlar» telekanalida bu zöravonlar haqida lavha namoyiş etildi. Ular özlarini nima uçun bunday tutişganini aytib berişdi va keçirim söraşdi.

Poytaxt IIBBning bildirişiça, hodisa 4 oktabr kuni taxminan soat 19:15da Uçtepa tumanidagi «Al Hilol» kafesi oldida sodir bölgan. 

«Mazkur holat böyiça 16 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat işi qözğatilgan. Kaltaklangan yigit örtaça oğirlikdagi tan jarohatlari olgan. Bezorilik qilgan 24 yoşli Doniyor A. va 33 yoşli Anvarjon R.ga jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik, bir guruh şaxslar tomonidan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş böyiça ayblov e'lon qilingan. 

Ayni vaqtda tergov işlari davom etmoqda», deyiladi Toşkent şahar IIBB xabarida.