“Yandeks” asosçisi Arkadiy Voloj kompaniyaga rahbarlik qilişni davom ettirmoqçi va undagi uluşini sotmoqçi emas. Ta'kidlanişiça, kompaniya Volojning uluşini sotib oliş böyiça muntazam takliflar olmoqda.
The Bell naşri bir manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilganidek, Sberbank “Yandeks” aksiyalarining yirik paketi – 30 foizgaçasini sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
Biroq keyinroq Rossiyaning eng yirik banki matbuot xizmatida bank “Yandeks”ning aksiyalarini sotib oliş böyiça taklif olmagani va kompaniyaga bunday taklif bilan çiqmagani ma'lum qilingan.
“Biz “Yandeks”ga 21 yil avval asos solganimizda, u dunyo darajasidagi texnologik kompaniyaga aylanişini tasavvur ham qilmaganmiz. Men kompaniyaga rahbarlik qilişni davom ettirmoqçiman va kompaniyadagi uluşimni sotmoqçi emasman”, deb aytgan Voloj.
“Matbuotda “Yandeks”ning aksiyadorlik kapitalida bölişi mumkin bölgan özgarişlar haqidagi takliflar paydo böldi. Şu sababli “Yandeks” jamoasi şuni ta'kidlaydiki, uçinçi tomonlardan muntazam ravişda turli takliflar oladi, biroq kompaniya siyosatiga muvofiq turli miş-mişlarga izoh bermaydi. Kompaniya direktorlar kengaşi va tegişli qömitalar kompaniya kapitali strukturasiga tegişli masalalarni işçi tartibda muntazam körib çiqadilar”, deb qöşimça qilingan kompaniyada.

















