AQŞning Lesli şahrida (Kentukki ştati) ikki boşli zaharli ilon tuğildi va Frankfurtdagi yovvoyi tabiatni örganiş markaziga topşirildi, deb xabar bermoqda Northern Kentucky Tribune.

Foto: Salato Wildlife Education Center

Ilon yovvoyi tabiatda bir oy oldin dunyoga kelgan va endi uni Frankfurtda köriş mumkin böladi.

«Men har ikki yoki uç yilda yovvoyi tabiatda ikki boşli ilonlarni uçrataman, lekin bunday turdagi ilon men uçun birinçisi», - deya ma'lum qildi Kentukkidagi ilonlar böyiça yetakçi mutaxassis Jon Makgregor.

Mutaxassisning aniqlik kiritişiça, bu turdagi ikki boşli ilon yovvoyi tabiatda juda kam uçraydi, sababi mutatsiya tufayli uning umri juda qisqadir. Ammo bu ilonga omad kulib boqdi - uning har ikki boşi içak trakti bilan boğlangan va juda yaxşi şakllangan.