Yaqin ötmişning eng taniqli futbolçilaridan biri, ikki karra «Oltin töp» sohibi Ronaldo hozirda Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi sifatida işlayotgan Ektor Kuper bilan örtalarida kelib çiqqan ziddiyat haqida gapirib bergan. Uning Spor TV`ga bergan intervyusini şu yilning iyunida, argentinalik mutaxassis hozirgi lavozimiga keliş arafasida Football Italia çop etgan.

«Mening «Inter»dagi faoliyatim u tufayli yomon tugagan edi», - deb aytgan Ronaldo.

Ma'lumki, braziliyalik hujumçi 1997-2002 yillar mobaynida «neradzurri» şarafini himoya qilib, klubga kelgan va undan ketgan yillarda «Oltin töp» sovrinini qölga kiritgan. Uning klubdagi sönggi mavsumi Ektor Kuper qöl ostida ötadi. 2001 yil yozida, bundan avvalgi ketma-ket ikki mavsumda «Valensiya»ni YeÇL finaliga qadar boşlab borgan va dastlab Ispaniyada, söng Yevropada yilning eng yaxşi murabbiyi deb e'tirof etilgan Ektor Kuper «Inter» boş murabbiyi etib tayinlanadi.

Kuper Milandagi işini muvaffaqiyatli boşlab, A Seriyada yetakçilikni qöliga olgan, ammo mavsumning ikkinçi yarmida jamoada çarçoq alomatlari közga taşlanib, salbiy natijalar köpaya boradi. Sönggi tur oldidan «Inter» jadvalda birinçi örinni egallab turgan bölsa-da, hal qiluvçi sönggi uçraşuvda «Latsio» maydonidan 2:4 hisobidagi mağlubiyat bilan qaytadi va «Yuventus» hamda «Roma»dan ortda qolib, yakuniy jadvalning uçinçi poğonasidan joy oladi.

Rimdagi öşa bahsni Ronaldo zaxirida örindiğida ötkazgan edi. U bundan avvalroq deyarli uç yildan buyon bezovta qilib yurgan jarohati sababli ikki marta jarrohlik stoliga yotgan va JÇ-2002ga qadar tiklanib maydonga qaytişga zör berib urinayotgan edi. Kuper unga maydonga tuşişga ruxsat bermaydi. «Latsio»ga qarşi tarixiy mağlubiyat bu öyinni zaxirada ötirib kuzatgan Ronaldoning köz yoşlari bilan «Inter» muxlislari yodida qolgan. Şundan söng u «Real»ga köçib ötib, «Galaktikos»ning muhim bölagiga aylangan edi.

«[Men «Inter»dan ketganimdan söng ham] Kuper jamoaga ustozlik qilişda davom etdi. Ehtimol, uning agenti jahondagi eng yaxşisi bölgandir. Öşa vaqtda jarohatimdan tiklanayotgan edim. Maydonga tuşişni istaganman, ammo bizning munosabatlarimiz yaxşi emasdi.

Men klub prezidenti [Massimo Moratti]dan yo meni, yoki uni tanlaşini söraganman. Yakunda esa «Real»dek sehrli klubga yöl olgandim. Şunday bölsa-da, Kuperni men öz faoliyatimda duç kelgan eng yomon murabbiy, deb ayta olaman», - deya ta'kidlab ötgan Ronaldo.