Şvetsiyadagi Lund universiteti talabasi Pontus Trenkvist kartoşka kraxmalidan öz xususiyatlariga köra plastikka öxşaş material yaratdi.
Talaba The James Dyson Award tanlovida “kartoşka plastigi”dan (Potato Plastic) tayyorlangan piçoq va sançqini taqdim qilgan. Uning aytişiça, bunday material ikki oy içida çirib yöq bölib ketadi. Potato Plastic tarkibida suv va kraxmaldan boşqa heç narsa qöllanmaydi. Trenkvistning ta'kidlaşiça, bunday materialdan idiş-tovoq va oşxona anjomlarini tayyorlaş mumkin.
Uşbu tanlovda butun dunyodan talabalar iştirok etadi. Ular dolzarb global muammolarni hal qiliş uçun turli işlanmalarini taklif qilişadi. Tanlovda, şuningdek, köllardagi suvni insondan 7 marta tezroq tozalovçi robot taqdim qilingan. Tanlov ğolibi noyabrda e'lon qilinadi. U loyihasini rivojlantiriş uçun 30 ming funt sterling mukofot puli oladi.
Sentyabrda atrof-muhitda töplangan kimyoviy moddalar kosatkalar hayotiga xavf solişi ma'lum qilingan. Olimlar 50 yildan keyin sut emizuvçilarning bu turi butkul yöqolib ketişi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgan.












