AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Markaziy Amerikaning Gonduras, Gvatemala va Salvador kabi noçor davlatlaridan AQŞga kelayotgan katta sondagi noqonuniy muhojirlar sababli bu davlatlarga yordamni çeklaşi yoki umuman töxtatişini ma'lum qildi.
“Gvatemala, Gonduras va Salvador öz davlatlarini tark etib, AQŞga noqonuniy kelayotgan odamlarni töxtata olmadi. Endi biz AQŞ odatda ularga taqdim qilgan katta yordamni töxtatamiz yoki ança qisqartiramiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Trampning bunday bayonotiga AQŞga ötişga harakat qilayotgan gondurasliklar karvoni sabab böldi. Gondurasliklar karvoni hozirda Gvatemala va Meksika çegarasida turibdi. Gvatemala prezidenti Jimmi Moralesning baholaşiça, bu karvonda 4,5-5 ming kişi bor. Ulardan bir qismi çegaradagi tösiqlardan zöravonlik bilan ötişga urinişni amalga oşirgan. Buning oqibatida bir neça meksikalik politsiyaçi jarohat olgan.
Tramp çegaraçilar va harbiylarga vaziyatni favqulodda vaziyat sifatida baholaşga va tegişli çoralar körişga körsatma bergan.

















