Fan-texnika | 00:09 / 24.10.2018
31947
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda eng ko‘p miqdorda sotiluvchi avtomobillar ma'lum qilindi

Foto : Toyota

Dunyoda eng talabgir avtomobil barcha modifikatsiyadagi Toyota Corolla ekanligi ma'lum qilindi. Bundan Focus2move tahliliy agentligi ma'lumotlari darak bermoqda. 

2018 yilning ilk 7 oyi ichida Toyota kompaniyasi Corolla modelidagi mashinalardan 816748 dona sotdi. Bu borada 2-o‘rinni 722566 mashina sotgan Ford F-Series egalladi. 3-o‘rin Volkswagen Golf’ga (572772 ta mashina) nasib qilgan.

Keyingi o‘rinlarni Honda Civic (563333) va Toyota RAV4 (561 601) egallagan. Agentlikning ta'kidlashicha, bu ikki marka yil oxirigacha Golf’ni ortda qoldiradi.

Shuningdek, eng talabgir mashinalar o‘ntaligiga Volkswagen Tiguan (539463), Volkswagen Polo (499462), Honda CR-V (460904), Toyota Camry (454094) va Chevrolet Silverado (430708) kiritilgan.

Reytingning dastlabki o‘ntaligi quyidagicha:
1. Toyota Corolla — 816,7 ming dona.
2. Ford F-Series — 722,5 ming dona.
3. Volkswagen Golf — 572,7 ming dona.
4. Honda Civis — 563,3 ming dona.
5. Toyota RAV4 — 561,6 ming dona.
6. Volkswagen Tiguan — 539,4 ming dona.
7. Volkswagen Polo — 499,4 ming dona.
8. Honda CR-V — 460,9 ming dona.
9. Toyota Camry — 454 ming dona.
10. Chevrolet Silverado — 430,7 ming dona.

Mavzuga oid