Guruhnig markaziy öyini Dortmundda bölib ötadi. Top-klublarga qarşilik qiliş qismati, rivojlaniş davri va Çempionlar Ligasi finalidagi mağlubiyatlar bilan bir-biriga öxşaydigan ikki jamoa guruh ğolibi masalasiga oydinlik kiritadi. Har ikki jamoa ham aqlli transfer siyosati va murabbiy mehnati orqali raqobatbardoş jamoa tuziş mumkinligini isbotlay olgan. «Atletiko» hamon Simeone qöl ostida öynayotganidan barqarorroq, ammo Dortmund uslubi turli trenerlarning qöli tufayli nisbatan rang-barang tuyulişi mumkin. Har qanday ma'noda bu ikki xil maktab töqnaşuvini köriş qiziq bölsa kerak.
Şuningdek, har ikki jamoa hozirda juda yuqori sport formasiga kirib olganini alohida ta'kidlaş kerak. «Atletiko» barça musobaqalarda 8 öyindan beri yutqazmayapti va peşqadamlar safida bormoqda. «Borussiya» esa, umuman, 14 öyindan beri mağlubiyatga uçragani yöq. Dastlabki ikki turda yuz foizlik natija körsatgan bu ikki jamoa yakunda guruhdan çiqiş ehtimoli yuqori, ammo guruhda 1-örinni oliş ham ahamiyatga ega.
Mehmonlar tarkibida yöqotişlar yöq. Nemislar safida esa, ayniqsa himoya çiziğida muammolar yetarli. Manuel Akanji, Marsel Şmeltser jarohatdan foriğ bölişmagan, Rafayel Gereyro maşğulotlarni boşlagan bölsa-da, hali töliq sport formasini tiklagani yöq. Nomi tilga olingan bu futbolçilarning bari himoya vakillaridir. Şuningdek, sönggi öyinlarda juda sermahsul öynayotgan ispaniyalik hujumçi Pako Alkaserning maydonga tuşişi söroq ostida qolgan.
Ikkinçi juftlikdagi jamoalarda guruhdan çiqiş imkoniyati bormi? Ha, lekin buning uçun avvalo, mana şu dueldan 6 oçko oliş kerak böladi. Ğalabasiz seriyasini 11 öyinga yetkazgan «Monako» bunga qodirmi? «Bryugge»ning kayfiyatini ham u qadar yaxşi deb bölmaydi – Ivan Leko şogirdlari milliy çempionatdagi sönggi 2 turda beş oçko yöqotişdi va peşqadamlikni boy berib qöyişdi.
Bu öyinga Yevropa Ligasiga beriladigan yöllanma uçun kuraş sifatida ham qaraş mumkin. Uçraşuv boşqa öyinlardan ertaroq – soat 21:55da boşlanişini e'tiborga olsak, muxlislar uçun asosiy öyinlardan oldin öziga xos repetitsiya vazifani ötaydi.
«Inter» «Kamp Nou»ga oxirgi marta 2010 yilda taşrif buyurgandi. Yarim final doirasidagi öyinda mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozonişgan, lekin Milandagi 3:1 hisobi evaziga Mourino şogirdlari final yöllanmasini qölga kiritgandi. Öşa öyin iştirokçilaridan «Inter»da heç kim qolmagan. Mezbonlar safida esa Buskets, Messi va öşa oqşomdagi yagona gol muallifi Pike hozir ham jamoada. Lekin «Sevilya» bilan öyinda qölidan olgan jarohati tufayli Messi uşbu uçraşuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
YeÇL uşbu mavsumi töpurarlar röyxatini boşqarib turgan Messining yöqligi Valverde jamoasiga qay tariqa ta'sir qilişini kuzatiş qiziq bölsa kerak. Masalan, «Sevilya»ga qarşi öyinda Messi maydonni tark etgaç, «Barselona» u qadar işonçli körinmadi, hujumlar taşkil qiliş, töpni nazorat qilişda muammolarga duç keldi. Balki öşa öyinda Messining jarohati kutilmagan vaziyat bölgandir. Keyingi bir oy, xususan «Real»ga qarşi yakşanba kuni bölib ötadigan öyinda ham Messisiz öynaşga majbur böladigan Valverde jamoaga qanday özgarişlar kiritadi, körib olamiz.
«Inter» juda yaxşi sport formasida. Ayniqsa, sönggi daqiqalardagi gollar evaziga qozonilayotgan irodali ğalabalar köpayib ketdi. Bu ham jamoaning bugungi kundagi yuqori jismoniy tayyorgarligidan darak beradi. Qatorasiga 7 öyinda (şulardan ikkitasi YeÇLda) ğalaba qozongan Spaletti jamoasi guruhdan çiqiş uçun «Barselona» bilan öyinlarda heç bölmasa 1 oçko olişi kerak böladi.
«Tottenhem» esa, kuraşga qöşiliş uçun «PSV» bilan bahslarda maksimal oçko olişi şart. Erediviziya yetakçisidan oçko oliş esa, oson emas. Boşqa öyinlardan ertaroq boşlanadigan uşbu öyin ham alohida e'tiborga arziydi.
Parijda nafaqat bugunning, balki butun guruh bosqiçining markaziy öyinlaridan biri bölib ötadi. Uçta teng kuçli top-jamoalar joylaşgan va ularning har biri keyingi bosqiçga çiqiş uçun jiddiy natijalarni qayd etayotgan guruh.
«Napoli» 1-turda Belgradda oçko yöqotgaç, «Liverpul» va «PSJ» S guruhini muvaffaqiyatli yakunlaşga asosiy da'vogar deyilgan edi. Ammo keyingi turda «Napoli» inglizlar ustidan ğalaba qozondi. Ançelotti şogirdlari şunday işonçli ğalabaga erişdilarki, «Liverpul» öyin davomida biror marta ham darvozaga aniq zarba bera olmadi. Klopp jamoasini bunday ahvolda qaçon körganimizni ham eslay olmasak kerak. Natijada, öziga xos intriga paydo böldi va endi «Napoli» ham guruhdan çiqiş uçun da'vogar. Hozirça aynan «Napoli» «Tsrvena» bilan oçko yöqotganini e'tiborga olsak, Italiya jamoasi asosiy raqiblari bilan öyinlarda faolroq bölişiga töğri keladi.
Içki çempionatdagi sönggi turda har ikki jamoa ham yetakçi futbolçisiga dam berdi. «PSJ» Neymarsiz «Amen» darvozasiga beş gol urgan bölsa, «Napoli» «Udineze»ga Insinesiz yöl oldi va 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Umuman, «Napoli» uç öyindan beri öz darvozasidan gol olib çiqmayotganini e'tirof etiş kerak.
«Liverpul» oğir davrni kam talofatlarsiz ötkazib oldi. Jamoa qatorasiga tört öyinni ğalabasiz ötkazgan bölsa-da, APLda ham, Çempionlar Ligasida ham yaxşi holatda turibdi. «Haddersfild» bilan öyinda ğalabasiz seriyaga barham berildi va 1:0 hisobida ğalaba qozonildi. Sönggi öyinlardagi kamtar natijalar, Mane va Keytaning jarohatlanganini nazarda tutsak, Klopp jamoasi sentabrdagi yuqori formadan biroz uzoq, lekin aynan şunday paytda «Tsrvena Zvezda» kabi kuçsizroq jamoa raqib bölayotgani ayni muddao. Bolqon jamoalari «Liverpul» uçun juda qulay bölişini ötgan mavsumda ham körgandik. «Qizillar» «Maribor» darvozasiga ikki öyinda 14 gol urişga muvaffaq bölgandi. Har öyinda 7tadan gol.
Parijdagi öyinda belgradliklar 1:6 hisobida mağlub bölgandi. Yana 7 gol. Balki bugun ham guruh bosqiçining eng sermahsul öyinlaridan birini körarmiz?
Bu guruhda yaqqol favorit hali aniqlanmadi. 4 oçko bilan guruhni boşqarib turgan «Portu» balki raqiblaridan kuçliroq körinayotgandir, ammo hozirdan uç jamoadan qaysi ikkitasi keyingi bosqiçga ötişini aytiş oson emas. Balki hali oçko qölga kiritiş tugul, birorta ham gol urmayotgan «Lokomotiv» ham kuraşga qöşilar?
Ha, öşa «Portu» hozir Moskvada yuribdi. Buni biz Iker Kasilyasning tvitteridan ham «bilib oldik». Ispaniyalik darvozabon Moskva klubini Toşkentniki bilan adaştirib qöyib, Toşkentning «Lokomotiv»i tvitter akkaunti bilan gaplaşişga ham ulgurdi. Bu öyinlardagi muvaffaqiyatli natija «Portu»ni guruhning asosiy favoritiga aylantirsa kerak.
Tarkiblar borasida «temiryölçilar»da muammolar jiddiy. Aleksandr Kolomeytsev, Fedor Smolov, Andrey Ribus va Jyefferson Farfanning yöqligi jamoa öyiniga yaxşigina ta'sir qiladi.
Istanbulda esa, qaysidir ma'noda derbi öyini. Nemislar va turklar töqnaşuvini Yevropada bemalol şunday maqom bilan qarşi oliş mumkin. Katta ehtimol bilan turklar hatto Germaniyada ham muxlislarning yaxşigina quvvatiga ega böladi. Bugun esa, öyin Turkiyada: futbolçilar tomonidan öta şovqinli va qiyin hisoblangan stadionda «Galatasaroy»ning imkoniyatlari yuqoriroq bölsa kerak.
Bu jamoalar beş yil oldin ham guruh bosqiçida töqnaş kelgandi. Turkiyadagi öyin durang bilan yakunlangan, «Şalke» maydonidagi dramatik öyinda esa, sönggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mehmonlar ğalaba qozonişgan va keyingi bosqiç masalasini hal qilişgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi