Osiyo Chempionlar Ligasida yarimfinalning javob o‘yinlaridan ikkinchisi o‘tkazildi.

Janubiy Koreyaning «Suvon Samsung Blyuuingz» klubi o‘z maydonida Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubini qabul qildi. O‘yinda 3:3 hisobi qayd etildi. Dastlabki bahsda «Kashima» 3:2 hisobida g‘alaba qozongani bois, yaponiyaliklar finalga yo‘l olishdi.

Kecha Eronning «Persepolis» klubi o‘z maydonida Qatarning «As-Sadd» klubi bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd qilib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga chiqqan edi.

Final bahslari 3 va 10 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

OChL, 1/2final, javob bahslari
23 oktabr

Persepolis (Eron) - As-Sadd (Qatar) - 1:1

Gollar: Ne'matiy (49) - Bunidjah (17)
Dastlabki o‘yin: 1:0

24 oktabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Kashima Antlers (Yaponiya) 3:3

Gollar: Lim Sang Hyub (52), Jo Sung Jin (53), Damyanovich (60) - Yamamoto (25), Nishi (64), Serjino (82)
Dastlabki bahs: 2:3