Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ yetakçisining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jon Bolton bilan uçraşuvda tomonlar «özaro tutaş nuqtalarni» izlaşi kerakligi haqida ma'lum qildi. Şuningdek, u Qöşma Ştatlarning gerbidagi tinçliksevar ramz haqida eslatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Adaşmasam, Qöşma Ştatlar gerbida suvburgut tasvirlangan. Bir tomondan, u 13ta öqni uşlab turibdi, boşqa tomondan esa - tinçliksevar siyosatning belgisi sifatida zaytun novdasini, 13ta zaytun bilan. Savol: sizlarning suvburgut zaytunni çöqib taşlab, faqat öqlarni qoldirdimi?» - dedi Putin.
Delegatsiya qatnaşçilari Rossiya rahbarining sözlarini kulgi bilan qarşi olingan. Putinning ta'kidlaşiça, Bolton bilan nafaqat Amerika prezidenti yordamçisi, balki qurolsizlaniş va qurollar ustida nazorat qiliş sohasidagi mutaxassis sifatida ham gaplaşmoqçi.
Boltonning umid bildirişiça, Putinda yiğilib qolgan savollarga javob topadi, lekin «zaytun novdasini özi bilan olib kelmagan». «Men şunday deb öylagandim», - dedi Putin, şundan söng muzokaralar iştirokçilari yana kulib yuborişdi. «Yodingizda bölsa, zaytun novdasi suvburgutning öng panjasida joylaşadi, şuning uçun u öziga ustuvor narsalarni aynan şu tarzda körsatib beradi», - deya aniqlik kiritdi Bolton.
Şuningdek, Putinning eslatişiça, Amerika gerbida «Xilma-xillikda birdamlik» yozuvi mavjud. «Şuning uçun, turli yondaşuvlarga qaramasdan, bu tutaş nuqtalarni izlaş kerak, deb öylayman», - dedi Rossiya yetakçisi. Boltonning aytişiça, bu Qöşma Ştatlarning ham maqsadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml Putinning yadro zarbasidan keyingi «jannat» haqidagi sözlariga izoh bergandi.













