«Xavfsiz şahar» yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratiş böyiça loyihani amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş Komissiya yiğilişining 2017 yil 23 dekabrdagi 1-son bayonnomasiga muvofiq «Xavfsiz şahar» tizimi doirasida loyiha hujjatlarini işlab çiqiş hamda konsalting xizmatlarini körsatişda xalqaro konsultant jalb qiliş töğrisida qaror qabul qilingan.

Ma'lum bölişiça, «Xavfsiz şahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini işlab çiqiş hamda konsalting xizmatlarini körsatişda halqaro konsultant jalb qiliş böyiça tenderda Germaniya, Rossiya, Xitoy, Isroil hamda mahalliy kompaniyalar öz takliflari bilan iştirok etişdi.

«Xavfsiz şahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini işlab çiqiş hamda konsalting xizmatlarini körsatiş böyiça xalqaro konsultantni tanlaş Komissiyasining 2018 yil 15 oktabrdagi 4-son bayonnomasiga muvofiq «PWC — Pricewaterhouse Coopers» MÇJ ğolib deb e'lon qilindi.
 
Eslatib ötamiz, joriy yilning yozida PwC birinçi marta Özbekiston kompaniyalari rahbarlari örtasida sörov ötkazgandi.