Prezident qaroriga binoan, 2021 yil 1 martdan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari örnatilişini taşkil etiş huquqi beriladi.
Şuningdek, uşbu sanadan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yöllarida avtomatlaştirilgan ölçov vositalari bilan jihozlangan oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar örnatilişini taşkil etiş huquqi ham beriladi.
Içki işlar vazirligi va Avtomobil yöllari qömitasi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari örnatilişi mumkin bölgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yöl harakati qoidalari turlari böyiça qoidabuzarliklar töğrisidagi ma'lumotlarni «Ye-IJRO AUKSION» tizimidagi alohida veb-sahifada e'lon qilib borişga mas'ul etib belgilangan.
Şuningdek, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari örnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktiriş elektron auksion savdolari orqali amalga oşiriladi.
Elektron auksion savdolarida ğolib bölgan tadbirkorlik sub'yektlariga maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari örnatiladigan joylar çeklanmagan muddatga va boşqa tadbirkorlik sub'yektiga ötkaziş huquqi bilan biriktiriladi.
Örnatilgan vositalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz işlaşini ta'minlaş, şu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplaş tadbirkorning öziga yuklatiladi.
Prezident qarorida tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanişi aytilgan bölsa-da, bu böyiça Hukumat qarori hali qabul qilinganiça yöq.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 6 fevral kuni «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasiga xususiy sektorni jalb etişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi Hukumat qarori loyihasi e'lon qilinib, unda jarimalardan tuşgan mablağlar qay tartibda taqsimlanişi nazarda tutilgan edi.
Qaror loyihasiga köra:
a) Tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari yordamida aniqlangan yöl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:










