Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 oktabr kuni amaliy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Amerika Qöşma Ştatlari savdo vaziri Uilbur Rossni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Davlat rahbarlarining muntazam uçraşuv va muloqotlari, jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida AQŞga rasmiy taşrifi ikki tomonlama köp qirrali munosabatlarni yanada yuqori darajaga kötarib, strategik şeriklikning yangi davrini boşlab berdi.
AQŞ savdo vazirining Özbekistonga ilk taşrifi tomonlar erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlar doirasida munosabatlarni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişdan özaro manfaatdor va ularning bu boradagi intilişi muştarak ekanidan dalolat beradi», deyiladi xabarda.
Şavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, özaro savdo hajmini oşiriş, AQŞ yetakçi kompaniyalarining töğridan-töğri investitsiyalari, ilğor texnologiyalari va tajribasini jalb etgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, bank-moliya sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun katta salohiyat mavjudligini alohida ta'kidlagan.
AQŞning jahonga maşhur sanoat xoldinglari, moliya-investitsiya korporatsiyalari va banklari rahbarlari va vakillari iştirokida ötgan Özbekistonda AQŞ biznesi haftaligi tadbirlarining samarali natijalari qayd etilgan.
Uçraşuvda savdo, sanoat va yuksak texnologiyalar, qişloq xöjaligi, logistika va transport sohalarida aniq loyiha va dasturlarni röyobga çiqarişda amaliy hamkorlik masalalari körib çiqilgan.
Özbekiston bozorida Amerika kompaniyalarining faoliyatini kengaytiriş uçun qulay şaroitlar yaratişga, jumladan, qöşma loyihalarni moliyalaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş xususida fikr almaşilgan.
AQŞ savdo vaziri Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik bildirib, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Uilbur Ross, şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Tramp geosiyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barça masalalarida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga yuqori darajada işonişini ta'kidlagan. Donald Tramp Özbekiston rahbari tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşini qayd etgan.


















