Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qoshiqchining o‘ldirilishi tushuntirilishini “tarixdagi eng yomon cho‘pchak” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni tomonidan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini “tarixdagi eng yomon cho‘pchak” deb atadi.
“Ularda boshidan yomon reja bo‘lgan, ular uni yomon bajarishgan”, deb aytgan Tramp.
AQSh prezidenti jurnalistning o‘ldirilishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga nisbatan choralar qabul qilishni kongress ixtiyoriga qoldirgan, biroq kongressmenlar qaror chiqarishdan avval u bilan maslahatlashib olishlari kerakligini aytgan.
Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Vashington Qoshiqchining o‘limiga aloqadorlarni jazolash zarurligini aytgan.
“Dunyo kuzatmoqda, amerikaliklar javobni istashmoqda va biz uni talab qilamiz. Biroq bu vahshiyona ishda aybdorlarni jazolash talabi bilan birga buni mintaqadagi milliy manfaatlarimizni hisobga olib amalga oshiramiz”, deb aytgan Pens.
Pens Vashington Ar-Riyod bilan yarim asrdan oshuvchi aloqalarga egaligini eslatgan va ular AQSh xavfsizligi va farovonligi uchun muhim ahamiyatga egaligini aytib o‘tgan.
Saudiya Arabistonining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Qoshiqchi Istanbuldagi konsullikda chiqqan mojaro davomida bexosdan o‘ldirib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025