Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedovga Makgregor bilan jangi uchun belgilangan gonorarning yarmi qaytarildi
Foto: Harry How/Getty Images
Nevada shtati atletika komissiyasi Xabib Nurmagomedovga Konor Makgregor bilan jangi uchun belgilangan gonorarning yarmini qaytarishga qaror qildi. Shu bilan birga ikkala jangchining vaqtinchalik chetlatilishi komissiyaning keyingi yig‘ilishi o‘tadigan sana – 10 dekabrgacha uzaytirilgan.
Nurmagomedovning g‘alabasi bilan yakunlangan jangdan keyin jangchilar o‘rtasida mojaro chiqqan. Nurmagomedov jang tugashi bilan oktagondan sakrab chiqib, irlandiyalikning murabbiyi bilan mushtlashib ketgan. Bu orada uning jamoasining bir necha a'zosi oktagonga tushib, Makgregor bilan orani ochiq qilishga tushib ketgan.
Janggacha Makgregor Xabib va uning oilasini bir necha marta haqoratlagan, uning dini va millati borasida kurakda turmaydigan gaplar aytgan.
Jangdan keyin Nurmagomedov o‘zining xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan, biroq bu mojaro Makgregor sababli sodir bo‘lganini aytib o‘tgan.
Xabibga ushbu jang uchun atalgan gonorarni mojaro tafsilotlari o‘rnatilgungacha berilishi muzlatib qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019