Tadbir doirasida "Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar: yoshlarning ta'lim olishiga e'tibor" xalqaro forumining plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishiga tashrif buyurgan mamlakatlar vakillari ishtirokida "Tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solishga oid dolzarb masalalar" mavzuida muhokamalar doirasi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, marketing va reklama sohasining yirik mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi kutilmoqda. 2017-2018 yilning jahon miqyosidagi eng yaxshi reklama roliklari namoyish etiladi.
"Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar: yoshlarning ta'lim olishiga e'tibor" xalqaro forumining plenar sessiyasi 25 oktabr kuni (10:00-17:00) Vestminster universitetida bo‘lib o‘tadi.
Davlatlararo monopoliyaga qarshi siyosat kengashi (DMSK) qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning XX reklama bo‘yicha yig‘ilishi 25 oktabrda (14:00-18:00) International Hotel Tashkent'da o‘tkaziladi.
26 oktabr kuni esa "Tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solishga oid dolzarb masalalar" mavzuida muhokamalar doirasi kutilmoqda.











