CNN telekompaniyasi xodimlari joylaşgan Nyu-Yorkdagi Time Warner Center binosida poçta jönatmalari orasida şubhali buyum topilgani sababli evakuatsiya boşlandi. Bu haqda telekompaniyaning özi xabar qildi.

Binoga portlaş texnikasi mutaxassislari, maxsus bölinma va politsiya maşinalari yetib kelgan. Evakuatsiya yonğin trevogasi signali yoqilganidan söng boşlangan.

CNN xabariga köra, politsiya xodimlari Oq uyga, sobiq prezidentlar Barak Obama va Bill Klintonlarga jönatilgan şubhali paketga öxşaş paketni tekşirişmoqda.

Şubhali paket maxsus konteynerga solib binodan olib çiqiladi va xavfsizlik maqsadida portlatib yuboriladi, degan politsiya vakili.