Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning öğli Pyotr Karimovning «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasiga qarşi işi töxtatildi. Bundan Moskva şahrining umumiy yurisdiksiya sudlari rasmiy portalidagi ma'lumotlar darak bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, iş masala böyiça da'vogar va javob beruvçi örtasida muddatdan avval kelişuvga erişilgani tufayli töxtatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning öğli - Pyotr - Moskva şahrining Tver sudiga iş beruvçidan öziga belgilangan pul mablağlarini undirib berişni sörab murojaat qilgandi.
Pyotr Karimov «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasida bir neça yil davomida yuqori lavozimda işlagan, biroq otasining ölimidan biroz vaqt ötgaç, öz örnini yöqotgan. Bunday holatlarda berilişi möljallangan pul mablağlari unga tölanmagan.












