Özbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning öğli - Pyotr - Moskva şahrining Tver sudiga iş beruvçidan öziga belgilangan pul mablağlarini undirib berişni sörab murojaat qildi.

«Izvestiya» ma'lumotlariga köra, u «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasida bir neça yil davomida yuqori lavozimda işlagan, biroq otasining ölimidan biroz vaqt ötgaç, öz örnini yöqotgan. Bunday holatlarda berilişi möljallangan pul mablağlari unga tölanmagan.

Endilikda sud orqali kiçik Karimov öziga belgilangan pulni olişga harakat qilmoqda. Uning arizasida da'vosi quyidagiça ifodalanadi: «tölanmagan iş haqini undirib berişga oid mehnat böyiça nizolar». Bu borada boşqa heç qanday tafsilot oçiqlanmagan.