Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining raisi Alişer Kurmanov hamda “SixClouds Pte Ltd” (Singapur) kompaniyasining boş ijro etuvçi direktori Von Xve Kiat boşçiligidagi kompaniya vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Uçraşuvda tomonlar qulay investitsiya muhitini, raqobatbardoş iqtisodiy şart-şaroitlarni yaratiş hamda tadbirkorlarning erkin faoliyati uçun qonunçilik asoslarini yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi. 

Foto: Özbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senatining  Axborot xizmati

2019–2029 yillarda “SixClouds Pte Ltd” kompaniyasi va Özbekiston Respublikasi örtasida hamkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida Özbekiston-Singapur mintaqaviy öquv markazi hamda tadqiqotlar va taraqqiyot böyiça integratsiyalaşgan markaz taşkil etiş nazarda tutilayotgani qayd etildi. Bu markazlar Özbekistonning maktabgaça, maktab, örta maxsus va oliy ta'lim tizimiga yangi dasturiy mahsulotlar va interaktiv raqamli öqitiş platformalarini, şu jumladan ingliz va xitoy tillarini, matematika hamda maktabgaça va maktab dasturlarining boşqa asosiy fanlarini animatsion video orqali öqitiş dasturlarini joriy etiş imkonini beradi. Şundan kelib çiqqan holda, manfaatdor vazirlik va idoralarda uşbu Dastur taqdimotini ötkaziş, şuningdek “InnoWeek-2018” Xalqaro innovatsiyalar haftaligida iştirok etiş kompaniya delegatsiyasining taşrifidan közlangan maqsad böldi. Uçraşuvda mazkur yönalişda hamkorlik qiliş ustuvorliklariga alohida urğu berildi.

Foto: Özbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senatining  Axborot xizmati

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yanada çuqurlaştiriş, şuningdek xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlik qiliş orqali birgalikdagi işlarni davom ettiriş haqida kelişib oldi.